Kirish A`zo bo`lish
Van Deyk: "Keyingi mavsum 100 ochko yig'amiz"
12 may 2019, 17:50
182

"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk ushbu mavsumda 97 ochko ham chempionlikka yetarli emasligi haqida gapirdi.

"Bu yo'lning boshlanishi. Bu yerga o'sish, rivojlanish uchun kelganman. "Liverpul" orqali oldinga katta qadam tashladim deb ayta olaman.

Biz bu mavsumdan faqatgina yaxshi taassurotlar olishimiz kerak. To'g'ri, mavsumni bundan-da yaxshiroq o'tkazishimiz mumkin edi. Ammo ayta olaman, muxlislarimiz bizdan ranjishmagan.

Asosiysi - har yili sovrin uchun kurashish. Bu mavsumda 97 ochko ham chempionlik uchun yetmasa, keyingi mavsumda 100 ochko yig'amiz", - dedi Van Deyk.

Manba: CA
  0 
Onlayn: 5 (1/4)
uzstat.net