Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Liverpul" omadsizlikka uchrasa, boshqa klublar muxlislari xursand bo'ladi"
06 may 2019, 12:51
316

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp uning jamoasi ishtirok etayotgan chempionlik poygasi haqda fikr bildirdi.

"Agar omadsizlikka uchrasak APLdagi boshqa klub muxlislari xursand bo'lishadi. Bu men uchun muammo emas, hammasi joyida. "Liverpul"ga kelganimda, klub og'ir yo'lni bosib o'tishi kerakligini tushunganman. Aynan shu davr o'tmoqda va bizga oson emas, chunki omad doimo bizga kulib boqmayapti.

Nima bo'lishidan qatiy nazar bu mavsumni muvaffaqiyatli deya olamiz. Mavsum oldidan chempion bo'lishni istaysan. Buning iloji yo'qligini tushunganingda xafa bo'lasan. Ko'plab jamoalar uchun bu ilk kunda sodir bo'ladi, boshqalar uchun esa keyin. Katta farq yo'q" - deydi Klopp.

Manba: Championat.asia
Теглар
  0 
Onlayn: 21 (0/21)
uzstat.net