Kirish A`zo bo`lish
Klopp: “Nyukasl”ga qarshi turish oson emas, ammo...”
05 may 2019, 15:25
555

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining APL 37-turida “Nyukasl”ga (3:2) qarshi bellashuvidan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Nyukasl”ga qarshi turish oson ish emas. Ammo biz raqib ikkinchi golni urishidan avvalroq vaziyatlarini golga aylantirib, o'yin taqidirini hal etishimiz mumkin edi. Ammo bu endi muhim emas. Futbol shunday o'yin. Bizdan jismoniy jihatdan ustun bo'lgan jamoa ustidan haqli g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoam bilan g'urulanaman.
Men xotirjamlik bilan o'yinni kuzatdim, chunki taqdirimizda nima yozilgan bo'lsa o'sha bo'lishini bilardim. Biz tajovuzkor o'yin ko'rsatdik, raqibga bosim uyushtirdik, Salah jarohat olganligi bois keyin bir muddat to'xtalish bo'ldi. Raqib ham g'alaba uchun harakat qildi. Ammo uch ochkoni biz qo'lga kiritdik. Endi bizni “Vulverhempton”ga qarshi hal qiluvchi bahs kutib turibdi. Albatta, ungacha “Barselona” bilan ham o'yinimiz bor, biroq men bu haqda o'ylayotganim yo'q”, -
deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.

Manba: BBC
  0 
Onlayn: 21 (0/21)
uzstat.net