Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp "Nyukasl"ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida qatnashdi (to‘liq)
03 may 2019, 18:50
895

"Mersisaydliklar" ustozi Yurgen Klopp ertaga bo‘ladigan "Nyukasl"ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida bir qator savollarga javob berdi. Bunga qadar saytimizda uning Keyta va Veynaldum borasida berilgan savollarga javobini e’tiboringiz havola etgandik.

• "Nyukasl" haqida:

"Juda qiyin uchrashuv bo'ladi. Ular hozir juda yaxshi formada va oxirgi bir necha haftada bir qancha uchrashuvlarda g'alaba qozonishdi. Biz bilan uchrashuvdan keyin ular o'z o'yinlarini yaxshi tarafga o'zgartira olishdi".

• "Barselona" haqida:

"Biz hech qachon oxirgi uchrashuvlarimizdan keyin to'xtab qolmaymiz, chunki bunga vaqtimiz yo'q. Biz ular bilan seshanba kuni yana uchrashamiz, hozir emas. Hozir yigitlar faqat "Nyukasl" haqida o'ylashmoqda".

• Klopp "Manchester Siti" bilan chempionlik uchun pley-off bahslari o'tkazilishi mumkinligi haqida ( agar ko'rsatkichlar bir xil bo'lib qolsa):

"Vau, rostini aytsam bu haqida o'ylab ham ko'rmadim. Bu sodir bo'lsa ajoyib bo'lardi. Biroq bu yuz berqdi deb o'ylamayman".

• Klopp mag'lubiyat haqida:

"Agar siz futbolda g'olib bo'lishni xohlasangiz, mag'lub bo'lish mumkinligini ham unutmasligingiz kerak. Menda maydonda ko'rsatgan o'yinimiz haqida pozitiv fikrlar negativ fikrlarga nisbatan ko'proq".

• Klopp jamoa holati haqida:

"Oxirgi bir qancha haftada ajoyib o'yinlarni o'tkazdik, xuddi shu ruhda davom etishimiz kerak.

Agar chempion bo'lish uchun 98 ochko jamg‘arib bo'lganida ajoyib ish bo'lardi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar bu mavsum o'zgacha o'tdi. Men mavsumdan to'liq qoniqdimmi? Yo'q, hali mavsum to'liq yakunlanmadi. Yigitlar hozir shunchaki "yonishmoqda". Bunday poyga ketayotgan bir paytda, siz charchamaysiz. Biz qilishimiz kerak bo'lgan ish - "Nyukasl"ni mag'lub qilish. Bu juda qiyin. Dushanba kuni boshqa jamoalar bilan nima sodir bo'lishi esa, bizning muammomiz emas.

Oxirgi ikki yil davomida jamoadagi ruhiyat ajoyib bo'ldi. Har kim o'z rolini topishi mumkin. Yigitlarning o'ziga bo'lgan ishonchi yanada oshdi. Biz haqiqiy "Liverpul"miz. Bu ajoyib. Yigitlar buning uchun hamma narsa qilishdi".


• Klopp Chemberlen haqida:

"Uning qaytishi ajoyib bo'ldi. Ko'ramiz. U albatta jamoa tarkibida bo'ladi, kim asosiyda o'yinni boshlashini esa keyinroq hal qilamiz".

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net