Kirish A`zo bo`lish
Minyole: "Yigitlar menga qarab, shunday o'ylashsa kerak: "Bu ahmoq yana keldimi"
03 may 2019, 18:31
786

"Liverpul" darvozaboni Simon Minyole jamoadoshi Alisson Beker haqida fikr bildirdi.

"Xotinim bilan Ispaniyada uy quryapmiz. Men bir nechta tilda gapiraman va o'tgan yili ispanchani o'rganishga qaror qildik. Keyin Alisson "Liverpul"ga o'tdi. Hozir u bilan ispanchada suhbatlashaman.
Har qanday boshqa darvozabon kabi jamoadoshlarimdan o'rganaman.

Alisson - Braziliyaning asosiy posboni. U Edersondan oldinda. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, Ali qo'llari bilan yaxshi o'ynaydi. U men faoliyatim davomida ko'rgan eng mukammal darvozabon.

O'yin amaliyotisiz qiyin. Ko'proq g'alabani ta’mi yetishmayapti. Maydonga tushmaydiganlar oxiri ishlashdan to'xtashini yaxshi bilaman. Aynan shu sababli bo'shashmayman. Har kuni soat 9 da zalga kelaman. Yigitlar menga qarab, shunday o'ylashsa kerak: "Bu ahmoq yana keldimi"
- deydi Minole.

Manba: Daily Mail
  0 
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net