Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Keyta ikki oydan kam bo‘lmagan muddat ichida maydonga tusha olmaydi"
03 may 2019, 15:42
169

"Liverpul" murabbiyi Yurgen Klopp "Nyukasl"ga qarshi o‘yin oldi matbuot-anjumanida jarohatlangan Nabi Keyta haqida gapirdi.

Ma’lumki, gvineyalik yarim himoyachi YeChL doirasida "Barselona"ga qarshi bahsda jarohat oldi va maydonni erta tark etdi. Xabarlarga ko‘ra, endi u ikki oy o‘ynay olmaydi va bu vaqt ichida Afrika kubogini ham o‘tkazib yuboradi.

"Bu albatta, juda omadsiz holat bo‘ldi. Yomon xabar. Pay cho‘zilgan va jarohat jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Endi u ikki oydan kam bo‘lmagan muddatni maydon tashqarisida o‘tkazadi. Bu biz uchun ham, Afrika kubogida qatnashadigan Gvineya terma jamoasi uchun ham yomon yangilik bo‘ldi", - deydi Klopp.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 1 (0/1)
uzstat.net