Kirish A`zo bo`lish
Rayan Kent: "Hammasi jonimga tegdi"
02 may 2019, 19:07
1324

"Liverpul"ning "Glazgo Reynjers"da ijara asosida o'ynayotgan umid yoshlaridan biri Rayan Kent "Liverpul"da unga yetarlicha imkoniyat berishmayotganidan ranjidi:

"Men har safar yozda ijaradan "Liverpul"ga qaytaman, mavsumoldi o'yinlarini yaxshi o'tkazaman, keyin esa yana ijaraga ketaman. Bularning hammasi mening jonimga tegdi, men klub almashtirishdan charchadim. Bu mavsum "Reynjers"da omadli mavsum o'tkazdim. Agar ular menga to'liq shartnoma taklif qilsa, men uni katta xursandchilik bilan qabul qilaman. Boshqa klub izlamayman. Qayerda meni qadrlashsa, o'sha joyda o'ynashni xohlayman".

Rayan Kent bu mavsum "Reynjers" tarkibida barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 6 golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Shotlandiya chempionatida "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" bo'lish uchun nomzodlar qatoridan o'rin oldi.

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net