Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Yaxshi o‘ynadik, ammo "Barselona" uchta urdi, biz esa hech qancha"
02 may 2019, 08:27
795

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona"dan qabul qilib olingan (0:3) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.

"Futbol shunday. Hammasi gollarga bog‘liq, ular uchta urishdi, biz esa hech qancha.

Biz juda yaxshi o‘ynadik, yigitlar ajoyib o‘yin o‘tkazishdi. Ammo "Barselona"ga qarshi bir necha yaxshi imkoniyat yaratishning o‘zi yetarli emas.

Menga o‘yin yoqdi, ammo natija hali ko‘p narsa talab qilmoqda. Bu futbol. Og‘ir natija, ammo qabul qilishga majburmiz", -
deydi Klopp.

Manba: Goal
  0 
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net