Kirish A`zo bo`lish
Mane: "Rostini aytsam, Koutinyoga biroz hasad qilganman"
01 may 2019, 08:38
838

"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane YeChLning yarim final "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Barselona"ga qarshi o‘ynash juda-juda qiyin. Ammo istalgan futbolchi bunday o‘yinlarda ishtirok etishni xohlaydi. "Barselona" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Firmino qaytgani yaxshi bo‘ldi, u jamoamiz uchun juda muhim bo‘lgan futbolchi.

Koutinyo? Ajoyib futbolchi. Rostini aytsam, "Barselona" uni xarid qilganda biroz hasad qilganman. U hali ham yosh va mehnatkash futbolchi.

Ronaldinyo – mening eng yoqtirgan futbolchim. Uning o'yinlarini ko'rishdan zavqlanardim. Hozirgacha shunday. Qani endi uning tabassumi menda bo'lsa edi.

"Kamp Nou" – ajoyib stadion. Yoshligimda "Barselona"ning o'yinlarini tomosha qilardim. Barchamiz futbolni yaxshi ko'ramiz. Ularning maydonida o'ynashimiz ajoyib holat. Bu bizga katta bosim va qo'shimcha motivatsiya beradi",
– deydi Mane.

Manba: liverpoolfc.com
  0 
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net