Kirish A`zo bo`lish
Valverde: "Liverpul" - buyuk hujumchilarga ega qudratli jamoa"
01 may 2019, 08:05
441

"Barselona" ustozi Ernesto Valverde YeChL yarim final bosqichidagi raqibi "Liverpul" bilan bo'ladigan bahs oldidan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Liverpul" APL chempionligi uchun "Manchester Siti" bilan jiddiy raqobat yuzaga keltirgan. Bu buyuk hujumchilarga ega qudratli jamoa ekanligini bilamiz. "Mersisaydliklar" yuqori darajadagi bosim uyushtirish va tezlikka ega.

Klopp "Borussiya Dortmund"dagi ishini bu yerda ham davom ettirmoqda. Joriy mavsum "Liverpul" APLda faqat 1 marta mag'lub bo'ldi. Bu ularning kuchi, salohiyatini ifodalaydi.
Ikkala uchrashuvni ham yaxshi o'tkazish kerak. "Liverpul"ga qarshi 5 daqiqa yetarli darajada yaxshi o'yin namoyish etilmasa, ular bizni o'z jarima maydonchamizga qamab qo'ya olishadi.

Messi o'zini yaxshi his qilmoqda. Ortda qolayotgan oyda Leoga boshqalarga nisbatan ko'proq dam olishi uchun imkoniyat berdik.

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynagan haftada 3 ta bahsda maydonga tushdik. Endi "Liverpul" bilan uchrashyapmiz. Bu o'ta mehnatkash jamoa va biz ushbu uchrashuvga tayyormiz.

Muxlislarimiz "Kamp Nou"da so'nggi o'yinlarda hal qiluvchi rolni o'ynashdi. 90 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuvlar bo'ldi. Biz ularning qo'llab-quvvatlashiga muhtojmiz va raqib buni yaxshi tushunib turibdi.

O'ylashimcha, Klopp "Kamp Nou" futbol uyi emas, deya aytgan gapi orqali ortiqcha drama kutilmasligini ta’kidlamoqchi bo'lgan. Bu maydonda 22 futbolchi o'ynaydigan oddiy futbol va biz maydonga tushishga tayyormiz.
Mahalliy chempionatdagi g'oliblik, formani yaxshi ushlab turishga yordam beradi. YeChL o'yinlari orasida har doim ichki chempionat o'yini ham bo'ladi. Chempion bo'lganimizdan xursandmiz, "Liverpul" esa o'z futbolchilariga dam olish imkoniyatini yaratib bera olmaydi. Shunga qaramasdan, bu Yevropa chempionlar ligasi yarim finali va bunda charchoq rol o'ynamaydi",
- deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Valverde.

Manba: Liverpool Echo
  0 
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net