Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Finallarda mag‘lub bo‘lgan kunlarim, hayotimdagi eng yaxshi kunlar bo‘lgan"
01 may 2019, 07:42
442

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona"ga qarshi tashkillashtirilgan o‘yin oldi matbuot anjumanida finallardagi bir necha mag'lubiyat unga qanday tasir etishini aytib o'tdi.

"Mag'lubiyat – juda qiziq tajriba. Siz har doim yutqazishni istamaysiz, lekin bu kuchli dori vositasi. Agar mag'lubiyat qayd etilsa, bu yordam berishi mumkin. Men oxirgi 6 ta finalda mag'lub bo'ldim. Bular deyarli hayotimning eng yaxshi kunlari bo'lgan. Mag'lubiyat meni sindira olmaydi. Men uchun hayot qayta-qayta urinib ko'rish demakdir. Hammasi tajriba va undan qanday foydalanishimizga bog'liq", - deydi Klopp.

Manba: liverpoolfc.com
  0 
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net