Kirish A`zo bo`lish
Filippe Koutinyo: "Maqsadimiz Chempionlar Ligasini qo'lga kiritish"
30 apr 2019, 22:47
388

YeChL yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" - "Liverpul" uchrashuvi oldidan sobiq "Liverpul" futbolchisi, hozirda "Barselona" sharafini himoya qilayotgan Filippe Koutinyo o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Chempionlar Ligasi yarim final o'yinlarini sabrsizlik kutyapman, yaxshi o'yin ko'rsata olishimga umid qilaman. Bundan tashqari men uchun "Enfild"ga qaytish o'zgacha bo'lardi, "Liverpul" da menda hammasi ajoyib edi. Bizning maqsadimiz - Chempionlar Ligasini qo'lga kiritish, shuning uchun bunday uchrashuvlarga ruhiy jihatdan tayyor bo'lishimiz kerak.

"Liverpul" - ruhiy jihatdan juda kuchli jamoa, ayniqsa o'z maydonida. Ular hujumda ham, himoyada ham yaxshi harakat qila olishadi, shuning uchun biz juda e'tiborli bo'lishimiz kerak.

"Liverpul" faqatgina hujumi kuchli jamoa emas. Bu juda kuchli jamoa va ularda mo'jizaviy atmosferaga ega "Enfild" mavjud",
- deydi Koutinyo.

Manba: Goal
  0 
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net