Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" keyingi mavsum YeChL qur'asida kamida ikkinchi savatchada bo'ladi
29 apr 2019, 12:40
628

Xabaringiz bor, "Liverpul" bu mavsum o'zining keyingi yili Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etishini kafolatladi.

Klub 2018/2019 yilgi mavsumni klublar reytingida 22-pog'onada boshlagan edi va hozirgi paytda 11-o'ringa ko'tarilgan. APL yoki YeCHLdagi g'oliblik "qizillar" reytingda ko'tarilishda va YeCHL qur'asida 1-savatchadan o'rin olishiga zamin yaratadi.

Ayni damda keyingi mavsum uchun 1 va 2-savatchadan o'rin oladigan jamoalar nomi ma'lum bo'lgan.

1-savatcha: "Barselona", "Manchester Siti", "Yuventus", "Bavariya", "Pari Sen-Jermen" va YeCHL hamda YL g'oliblari.

2-savatcha:"Real", "Atletiko", "Portu", "Liverpul", "Borussiya Dortmund", "Napoli", "Chelsi", "Shaxtyor"

Agar "Liverpul" bu mavsum 1-savatchaga kira olsa, YeCHLning yangi mavsumida grand jamoalar o'rin oladigan kvartetdan qutulib qolish imkoniga ega bo'ladi.

Ma'lumot uchun, 2019/2020-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga 29-avgust kuni Monakoda qur'a tashlanadi.

Manba: This Is Anfield
  0 
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net