Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" 31 yillik natijasini takrorladi
27 apr 2019, 23:55
415

"Haddersfild Taun" klubini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan "mersisaydliklar" jamoasi yana bir rekordni qayd etishdi.

Ya’ni jamoa 31 yildan beri uddalanmay kelinayotgan vazifani bajarishdi. Gap shundaki, "Haddersfild"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng "Liverpul" joriy mavsum o‘z maydonida 50-ochkosini qo‘lga kiritdi.

Oxirgi bor klub bunday natijani 1987-1988-yilgi mavsumda qayd etgandi. Angliya chempionati APL deb nomlanganidan beri esa ilk bor bu natijaga erishildi.

Bunga qadar eng yaxshi ko‘rsatkich 2013/2014-yilgi mavsumda qayd etilgan va o‘shanda "qizillar" bir mavsumda 49 ochkoni aynan "Enfild"da qo‘lga kiritgandi.

Qo‘shimcha qilish joizki, Yurgen Klopp jamoasi hali yana bitta o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi.

Manba: Squawka
Теглар
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net