Kirish A`zo bo`lish
Luiz Suarez: "Hozir har qanday futbolchi "LIverpul" uchun o'ynashni xohlaydi"
26 apr 2019, 21:09
566

Sobiq "Liverpul" hujumchisi hozirda "Barselona" a'zosi bo'lgan Luis Suarez YeChL yarim finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

Oilam a'zolari yarim finalda "Liverpul"ga qarshi o'ynashimizni eshitgach, hammasi men bilan birga borishni xohlashini aytishdi. Farzandlarim hech qachon chempionlar LIgasi uchrashuvlarida stadionga tshrif buyurishmagan, biroq ular aynan ushbu uchrashuvga borishni xohlashmoqda. Biz hammamiz "Enfild'ga tashrif buyuramiz. Bendji (o'g'li) Liverpulda paytim juda yosh edi. Biroq u birinchi stadioni, ajoyib "Enfild" atmosferasini juda yaxshi biladi. Qizim Delfinaning yoshligi asosan o'sha yerda o'tgan, futboldan ilk rohatlanish, "You will never walk alone" ni kuylash zavqini u juda yaxshi biladi.
"Enfild" dda o'ynash biroz qo'rqinchli, biroqo'z navbatida o'ziga xos zavq bag'ishlaydi. MEn Karragerni "Old Trafford"da ko'rib, juda xursand bo'ldim. Jordan hali ham "LiverpuL" da uning bir nechta do'stlarini "EL klassiko"ga kelishgan paytda uchratgandim.
"Enfild"dagi yigitlarni yana uchratish juda yoqimli bo'lardi. Melvud oshxonasidagi oshpaz xonimdan yaqinda SMS xabar oldim, u mening farzandlarimni ko'rishni xohlayotganini yozib yuboribdi, birga olib kelishimni tayinladi. U har doim Delfinani o'zi bilan olib yurardi. "Enfild"ga qaytish juda yoqimli.



"Men "Liverpul"dan judayam minnatdorman, lekin men u yerga "Barselona" a'zosi sifatida boraman va o'z jamoam maqsadlari uchun harakat qilaman. Uchrashuv boshlangach, biz 90 daqiqa do'stlik, yoqimli xotiralar va munosabatlarni unutamiz. Men shunday futbolchiman, buni "Enfild"dagilar ham yaxshi bilishadi.
Men uchun ideal variant "Ayaks"ga qarshi finalda o'ynash va "Liverpul" Angliya chempionligini qo'lga kiritishi. Ular bunga juda yaqinlar. Biz ham o'z vaqtida yaqin edik. ULar hozir nimalarni his qilayotganini bilaman va bu juda qiyin, lekin o'ylashimcha o'sha vaqtda hozirgidanda qiyin edi. Biz uchun "hozir yoki hech qachon" tuyg'u bor edi. Men "Liverpul"da paytda hammasi boshqacha edi. Biz chempionlikka yaqin edik, biroq tarkib hozirgidek emasdi. "Liverpul" o'sha paytlari hozirgidek transferlar uchun pul sarflamasdi. Hozir har qanday futbolchi "LIverpul" uchun o'ynashni xohlaydi. Agar biz APL ni qo'lga kirita olganimizda, hozirgi tarkib g'alabasidan ko'ra kattaroq yutuq bo'lardi.
Ularning hujum uchligi juda tezkor, yuqori texnikaga ega, ular judayam iqtidorli va aynan ushbu futbolchilar hozirgi "Liverpul" ga natijalar keltirmoqda. Ushbu futbolchilar bilan o'ynar ekansiz, siz bemalol APL va YeCHL kubogini yutishni maqsad qila olasiz. Shuningdek, ular katta o'yinlarda qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi. Ehtimol, biz o'z vaqtida shu narsani o'zlashtira olmagandirmiz. Stivi bilan bog'liq vaziyat bir omadsizlik edi, biroq boshqa holatlarda masalan "Kristal Pelas" ga qarshi uchrashuvda o'zimizga: " 3-0 ga yutyapmiz, yigitlar hotjam o'ynanglar, "Siti" hafta o'rtasida va dam olish kunlaridagi uchrashuvlarida g'alaba qozonishi kerak" deb aytishimiz mumkin edi. Biroq, biz faqat oldinga intildik, o'ylashimcha to'plar farqiga ko'ra ham chempion bolishimiz mumkin edi, bu "yoshlik" xatosi edi.
Hozirgi "Liverpul" o'sha xatolardan to'g'ri xulosa chiqara oladimi?
" Ehtimol, lekin bu "Liverpul" boshqa, ularning o'z tajribasi bor. Ular o'tgan mavsum YeCHL finalida o'ynashdi, bu "Yangi Liverpul".

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net