Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" - "Haddersfild". Prevyu
26 apr 2019, 10:39
341



Jamoalarga oid yangiliklar

* "Liverpul" yarim himoyachilari Fabinyo va Adam Lallana "Haddersfild"ga qarshi o'yindan oldin yakka tartibda mashg'ulotlar o'tkazishdi. Braziliyalik futbolchi "Kardiff" bilan o'yinda jarohat boshidan jarohat olgan edi, Adam esa tizzasi bilan bog'liq muammolar sabab besh haftani o'tkazib yuborgandi. Himoyachi Deyan Lovren esa shamollashni yengib o'tgan va bu o'yinda qatnashishi mumkin.

* Mehmonlar safida katta yo'qotishlar mavjud. Adam Diakhabi va Aaron Muy katta ehtimol bilan bu o'yinni o'tkazib yuborsa, Loran Depoytrning o'ynash ehtimoli so'roq ostida qolmoqda.

O'yinga bo'lgan qiziqish yuqori. "Liverpul" chempionlik uchun kurashda "Manchester Siti"dan bir ochko ortda qolmoqda, chempionat yakuniga uch tur qolganda "qizillar" yo'qotadigan har qanday ochko ularning zarariga ishlaydi. Shu sababdan Yurgen Klopp jamoasini faqat g'alaba qanoatlantiradi. Yan Sivert qo'l ostidagi "tererlar" keyingi mavsumda quyi divizionda o'ynashlari aniq bo'lganligi va so'nggi 12 o'yinning 11 tasida mag'lubiyatga uchrashgani sabab, bugungi baxsda motivatsiyasiz o'ynashlari tabiiy. Biroq bu o'yin "Liverpul" uchun oson o'tishini anglatmaydi.



Murabbiylar fikri:

Yurgen Klopp:
"Endi biz "Manchester Siti"dan bir ochko ortda qolmoqdamiz. Keyingi uch o'yinimizni yutishimiz shart. Bu bizning vazifamiz.

Biz faqat chempion bo'lish uchun o'ynaymiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz va bunga yaqinmiz. Klub bunga juda yaqin."

Yan Sivert: "Enfild Roud"da o'ynayotganimizdan baxtiyormiz. "Liverpul"ning kuchli ekanligini va bu o'yinda favoritligini juda yaxshi bilamiz. Lekin bizda ham imkoniyatlar bor. Futbolchilarim bu o'yinda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi".



O'yinga oid faktlar:

* "Liverpul" so'nggi bor "Haddersfild"ga bundan 60 yil muqaddam mag'lub bo'lgan. Shu vaqtga qadar klublar 13 marta to'qnash kelishgan va shularning 10 tasida mersisaydliklar g'alaba qozongan.

* "Haddersfild" so'nggi marta 1962-yilning aprel oyida "Liverpul" darvozasiga (1:1) gol kiritgan.


* "Liverpul" barcha musoboqalarni qo'shib hisoblaganda ketma-ket o'zining o'ninchi g'alabasini qo'lga kiritishi mumkin. Rekord ko'rsatkichni 2006-yilning mart-may oylarida Rafael Benites qayd etgan. O'shanda jamoa ketma-ket 11 o'yinda g'alaba qozongan.

* "Haddersfild" chempionatning so'nggi 22 o'yinida atigi 4 ochko to'pladi.

* Mezbonlar Premer-Liga doirasida o'z maydonlarida 38 o'yindan buyon mag'lub bo'lishmayabdi. Rekord esa "Chelsi" (86 o'yin)ga tegishli.

* Yan Sivert jamoasi so'nggi besh o'yinda 16 gol o'tkazib yubordi.

* Agar "Liverpul" g'alaba qozonsa, o'z maydonida Premer-Liga doirasida 50 ochko to'playdi. Bu klub rekordiga aylanadi.

* "Tererlar" bugun mag'lub bo'lishsa, mavsum davomida o'zlarining 27 mag'lubiyatini qabul qilishadi. Oldingi antirekordni "Ipsvich", "Sanderlend" va "Derbi Kaunti" (29 o'yin mag'lubiyat) jamoalari o'rnatishgan.

* "Qizillar" bu mavsum burchak zarbalaridan keyin 13 bor gol kiritishgan. Bu chempionatdagi eng yaxshi ko'rsatkich.

* "Haddersfild" TOP-6likdagi jamoalarga qarshi 10 o'yin o'tkazib, umumiy hisobda 30-3 hisobida mag'lub bo'lgan.

* Sadio Mane Premer-Liga doirasida "Enfild"da oxirgi 9 o'yinda 8 gol kiritishning uddasidan chiqqan.

Manba: BBC
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net