Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp klubning yozgi transfer rejasi va Insinye borasida intervyu berdi
25 apr 2020, 22:55
1543

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ertaga bo‘ladiga "Haddersfild Taun"ga qarshi bahs oldidan jamoaning transfer rejalariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, "Napoli" yetakchisi Lorensio Insinye atrofidagi mish-mishlarga ham nemis mutaxassisi javob berdi.

"Biz Insinyeni sotib olishni rejalashtirmayapmiz. To‘g‘ri, u yaxshi futbolchi, biroq o‘ylashimcha, uning jamoasi bilan uzoq yillik shartnomasi mavjud, shunday ekan uni qo‘lga kiritish niyatimiz yo‘q. Bu transfer haqida aytadigan barcha gaplarim shu.

Transferlar odamlarni "vau yangi futbolchi" deyishlari uchun kerak emas, aksincha, u jamoani kuchaytira olishi lozim. Jamoani kuchaytirishning turli xil usullari bor va fikrimcha, buning eng yaxshi usuli mashg‘ulot qilish. Ammo agar sizga kerakli futbolchi bo‘lsa, albatta, shartnoma imzolash ham darkor.

Hozir jamoamiz ancha muvozanatga ega. Tabiiyki, bizning rejalarimiz omma e’tiboriga tushmasligi kerak. Yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoamiz eng katta xaridni amalga oshirishi mumkinmi? Yo‘q, katta ehtimol bilan yo‘q. Lekin "ha" deb javob bersam juda hayratlanarli gap bo‘lgan bo‘lardi", -
deya so‘zlarini yakunlaydi Klopp.

Manba: Sky Sports
  0 
Fikrlar (Umumiy: 11 ta)
01 may 2020, 07:20
#11, Salohuz
Tarkibni siti va boshqalarga kuchi yetsa bòldi.
26 apr 2020, 22:02
Brandt,Nevesh,Ziyesh kesa zo'r bo'lardi
26 apr 2020, 17:12
rise, Bittasi bor Chemberlen, ikkinchisiga 26 mlnga ziyeshni olsak bo'ldi
26 apr 2020, 13:48
Doktor_Haus,
эриксен ва аллер?
йирик трансфер хожат йук деб булиб яна))
иккиси 200 керак
26 apr 2020, 00:22
#7, rise
Nasib bolsa keyingi yil bundandan kuchli boladi
26 apr 2020, 00:22
#6, rise
Manimcha bir ikki pleymeker kk
25 apr 2020, 23:06
#5, MANE10
146 marta uqilibti Ammo lekin Kommentlar soni Atigi 4 ta (((
25 apr 2020, 23:04
#4, MANE10
Yurgen Klopp Man uchun Nommer 1
Kim Nima desa desin.
Xozirgi kinda))))
25 apr 2020, 23:04
to'g'ri fikr, juda yirik transferlarga hojat yo'q. Eriksen bilan Allerni olsa bo'ldi
25 apr 2020, 23:02
#2, MANE10
Liverpul Kelasi mavsum bundanda Kuchli Raqobatbardosh va eng muximi Chiroyli futbol namoyish etadi. InshaAllah
25 apr 2020, 23:01
#1, MANE10
Ha ha ha ha a )))))))))))))
Jumboqli javoblar Nima xaqida reja qilayotganini xech kimga aytmaydi
Onlayn: 10 (0/10)
uzstat.net