Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" "Lion" yarim himoyachisiga jiddiy qiziqmoqda
24 apr 2019, 09:25
1006

Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp "Lion" yarim himoyachisi Ussem Ouarning transferiga jiddiy bel bog‘lagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada ikki jamoa o‘rtasida muzokaralar boshlanadi. "Lion" o‘z futbolchilarini bu transfer oynasida sotib yuborishga qarshi emas va agar jamoani qanoatlantiruvchi narx bilan taklif bo‘lsa Ouarni sotishga rozi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Ouar joriy mavsum Fransiya chempionatida 32 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urfi va 4 marta assistentlik qildi. 20 yoshli mazkur futbolchi ko‘proq tayanch va markaziy yarim himoyachi zonasida to‘p suradi.

Manba: Le10Sport
Теглар
  1 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net