Kirish A`zo bo`lish
"Atletiko" Marko Gruichni xarid qilmoqchi, "Liverpul" 40 mln. so‘ramoqda
23 apr 2019, 20:33
989

Xabaringiz bor, "Liverpul"ga tegishli bo‘lgan serbiyalik yarim himoyachi Marko Gruich ushbu mavsum "Gerta" safida ishonchli o‘yinlar o‘tkazmoqda.

Shu sababdan, madridning "Atletiko" klubi mazkur futbolchini jamoadan ketishi kutilayotgan Rodrining o‘rniga olib kelishni ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

ESPN nashrining axborotiga ko‘ra, "mersisaydliklar" Gruich uchun 40 million yevro miqdoridagi summani talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli markaziy yarim himoyachi joriy mavsum Bundes-ligada 19 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta assistentlik qildi.

Manba: ESPN
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net