Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" yetakchilaridan biri noma’lum muddatga safdan chiqdi
22 apr 2019, 14:50
436

“Liverpul” klubining braziliyalik yarim himoyachi Fabino “Kardiff”ga qarshi bahsda jarohat olib safdan chiqdi.

Hozircha uning qachon safga qaytishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppning so‘zlariga ko‘ra Fabinoning axvoli yaxshi.

“Unda hammasi joyida. Kuchli to‘qnashuvdan so‘ng uning boshi aylandi, shundan keyin biz uni zaxiraga olishga qaror qildik”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Fabino joriy mavsum “Liverpul” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: sports.uz
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net