Kirish A`zo bo`lish
Klopp: APLda hammasi ham bizga bog‘liq emas
22 apr 2019, 14:40
443

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 35-turi doirasida "Kardiff" (2:0) bilan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. "Kardiff" o‘z maydonida yaxshi o‘yin namoyish qilishini sezgandik. Birinchi bo‘limda yaxshi vaziyatlar yaratdik, hujum qilishdan to‘xtab qolmasligimiz muhim ahamiyatga ega edi.

Penalti bo‘lgan vaziyat borasida aytadigan bo‘lsam, raqib futbolchisi Salohni 5-6 marta ushlab qolishga urindi.

Bu g‘alabadan so‘ng kayfiyatimiz ancha ko‘tarildi. Ammo, APLda hammasi ham bizga bog‘liq emas. Lekin "Liverpul" qolgan uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonish uchun harakat qiladi", - degan Klopp so‘zlaridan keltirmoqda Liverpool Echo.

Manba: sports.uz
Теглар
  0 
Onlayn: 2 (1/1)
uzstat.net