Kirish A`zo bo`lish
Premer-liga Kloppning iltimosini bajardi
21 apr 2019, 11:15
1522

APL "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning iltimosini tingladi va bajardi.

"Qizillar"ning "Nyukasl"ga qarshi safar o'yini mahalliy vaqt bilan 12:30 ga belgilangandi. Biroq bu bahs endi mahalliy vaqt bilan 19:45da o'tkaziladigan bo'ldi. Ushbu o'yin APLning 37-turi doirasida 4-may kuni o'tkazilishi kerak edi. Oradan 3 kun o'tib, "mersisaydliklar" YeChL doirasida "Barselona"ga qarshi bahs olib borishadi.

Oldinroq Klopp APL rahbariyati yevrokuboklarda qatnashayotgan klublarni qo'llab-quvvatlamasligi borasida gapirgandi.

Manba: liverpoolfc.com
Теглар
  0 
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net