Kirish A`zo bo`lish
Klopp Salahning dunyoda ta’siri kuchli 100 insondan biri deb e’tirof etilganiga o‘z fikrini bildirdi
20 apr 2019, 05:26
1117

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Kardiff"ga qarshi o‘yin oldi Time jurnali tomonidan, Muhammad Salah dunyoning eng ta’siri kuchli 100 shaxsdan biri deb e’tirof etilganiga quyidagicha izoh berdi.

"Salah ko‘p narsalar bo‘yicha o‘rnak bo‘la oladi. Sening jamoangda u va Sadioga o‘xshash futbolchilarning borligi ajoyib. Ular ikkisi ham musulmonlar. Ular ko‘p xavfli muhokamaga sabab bo‘ladigan dunyoda yashaydilar, ammo futbolchilar uchun bu holat muhim ahamiyat kasb etmasligi kerak.

Jamoada yigitlarning o‘z ishiga samimiy va muhabbat yondashishini ko‘rish yoqimli. Uning jamoaga ta’siri katta, agar kimdir buni dunyo miqyosida ham shunday deb baholasa, demak, xuddi shunday", -
deydi Klopp.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net