Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Barcha "Barselona" haqida gapirmoqda, ammo "Kardiff"ga qarshi o‘yin ham undan kam emas"
20 apr 2019, 04:56
404

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp "Kardiff Siti"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot-anjumanida ishtirok etdi. Undagi raqib haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

"Barcha o‘yinlar muhim. Ularning hech birida final hushtagiga qadar yutgan bo‘lmaymiz. Hozir hamma "Barselona" haqida gapiryapti, ammo "Kardiff" va "Haddersfild"ga qarshi bahslar ahamiyati ham undan kam emas.

Nil Uornok ("Kardiff" murabbiyi) va uning jamoasi oxirgi o‘yinda o‘zlariga bo‘lgan ishonchni ko‘tarib oldilar, ular bunga loyiq ham edilar. Agar "Brayton"ga mag‘lub bo‘lishganida, jon saqlash uchun kurash poyoniga yetayotgan bo‘lardi. Ammo hammasi endi boshlanmoqda. Ular endi o‘z holatlariga ishonmoqdalar, xuddi biz singari. Biz ushbu jangga shay ekanligimizni ko‘rsatishimiz lozim.

Biz qanday qiyinchiliklarga duch kelishimizni bilamiz. Ular butun jamoa bo‘lib himoyalanishadi, standartlarda yaxshi o‘ynashadi va jismonan kuchli", -
deya nemis mutaxassisi raqib kuchiga baho berdi.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net