Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" "Barselona" muxlislari uchun chipta narxini oshirdi
19 apr 2019, 15:59
224

"Liverpul" "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan oldin mehmon jamoa muxlislari uchun chipta narxini oshirib qo'ydi.

Klub rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko'ra, mehmon jamoa uchun 4620 ta chipta ajratilgan va ularning har biri 119 yevro turadi.

"Liverpul" o'z muxlislari xarajatiga yordam berish uchun bunday narx belgiladi. Shunday qilib, ingliz klubi ishqibozlari "Barselona"ga qarshi mehmondagi o'yin uchun chiptani 88 yevroga xarid qilishlari mumkin.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" ham shunday yo'l tutgan edi. "Liverpul" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi o'yin 1-may kuni Ispaniyada, javob uchrashuvi 7-mayda Angliyada bo'lib o'tadi.

Manba: liverpoolfc.com
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net