Kirish A`zo bo`lish
Van Deyk: "Messi - jahonning eng yaxshi futbolchisi, ammo biz uni to'xtatishga urinib ko'ramiz"
19 apr 2019, 08:39
369

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Barselona"ga qarshi bahs va Messi bilan bo'ladigan qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi.

"Liverpul" YeChL yarim finalida "Barselona"ga qarshi o'ynaydi.

— Messini to'xtatish borasida nimalarni reja qilmoqdasiz?

— Bilmayman, ko'ramiz. Biz va hamma uchun ajoyib o'yin bo'ladi. Yarim finalga yana yo'l olganimizdan xursandmiz. Bu men aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa.

"Jamoa bilan birga hamma narsani amalga oshirish muhim. Biz alohida hujumchiga qarshi yoki kimdir boshqa bir futbolchiga qarshi bo'lmaydi.
Juda og'ir o'yin bo'ladi. Fikrimcha, Messi — jahonning eng yaxshi futbolchisi, ammo uni to'xtatishga urinib ko'ramiz",
- deya van Deykning so'zlarini keltirdi Goal nashri.

Manba: goal.com
  0 
Fikrlar (Umumiy: 0 ta)
Hali hechkim izoh qoldirmadi 1 - bo`l!
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net