Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" "Tottenhem" stadioni borasida muzokara o‘tkazmoqda
18 apr 2020, 21:39
1489

Xabaringiz bor, yaqindagina "Tottenhem"ning yangi stadioni foydalanishga topshirildi.

Mazkur maydonda "Liverpul" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazishni rejalashtirmoqda va buning uchun "shporlar" bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Gap shundaki, yozda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida "mersisaydliklar" bir qator o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Aynan ularning biri "Tottenhem Hottspur" stadionida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Boisi, o‘sha vaqtda "Enfild"da turli xil tadbirlar o‘tkaziladi va u band bo‘ladi.

Agar muzokaralar ijobiy yakun topsa 28-iyul kuni "Liverpul" aynan yangi stadionda "Napoli"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Manba: Daily Mail
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)
20 apr 2020, 10:19
Яна наполи биланми
Onlayn: 3 (0/3)
uzstat.net