Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Koutinyo va Suares "Liverpul" afsonalari, ammo men o‘rtoqlik o‘yinini kutmayapman"
18 apr 2019, 21:26
917

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida "Barselona" bilan to‘qnash kelishi va mazkur klub safida ikki sobiq "Liverpul" vakillari Filippe Koutinyo va Luis Suaresning sobiq jamoasiga qarshi to‘qnashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Ushbu bahs ular (Koutinyo va Suares) uchun o‘zgacha ahamiyatga ega. Ushbu bahs biz uchun o‘zgacha ahamiyatga ega. Ular ikkisi ham "Liverpul" asonalari. Bu ajoyib!

Lekin men o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishini kutmayapman. Ular g‘alaba qozonishlari lozim, buning uchun kurashadilar, xuddi shuningdek, biz ham bunga intilamiz. Biz Barselonada o‘ynashimiz kerak, bu oson bo‘lmaydi, biroq baribir u yerda o‘ynashimiz kerak.

Agar sizda yaxshi futbolchilar jamlangan bo‘lsa, ular bilan ishlash mumkin. Men yigitlar bilan chinakamiga faxrlanaman, ular ikkinchi bor yarim finalga chiqa olishmoqda.

Yarim finalda "Liverpul" - "Barselona" deyilishining o‘zi katta hayajonga sabab bo‘ladi. Endi biz qo‘limizdan kelgan ishni qilishimiz darkor, ko‘ramiz, yakunda bu qanday samara berar ekan", -
deydi Klopp.

Manba: Viasport Football
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net