Kirish A`zo bo`lish
Mane: "Liverpul" va APL afsonasi bo'lmoqchiman"
18 apr 2019, 17:32
310

"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane jamoadagi o'zining maqsadlari haqida gapirib berdi.

"Nafaqat "Liverpul", balki butun Premer-liga afsonasi bo'lmoqchiman. Maksimal muvaffaqiyatga erishish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Klub safida 100 o'yin o'tkazish men uchun muhim ahamiyatga ega. "Liverpul"dek klubda buncha bahs o'tkazish - hayratlanarli. Bu erda ekanligimdan xursandman va klub bilan biror sovrin yutish uchun bor kuchimni ishga solaman" - deydi Mane.

Mane 2016-yilning yozida "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Joriy mavsum 27 yoshli senegallik APLning 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

Manba: goal.com
Теглар
  0 
Onlayn: 5 (0/5)
uzstat.net