Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "Barselona"ga qarshi bahsni sabrsizlik bilan kutyapman"
18 apr 2019, 12:37
384

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp"Portu"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvi (4:1) haqida fikr bildirdi.

"Bizda ko'p vaziyat bo'lmadi, ammo boridan foydalana oldik. Bizga Alison va uning seyvlari kerak edi.Ular butun bahs davomida o'yinni boshidagi shijoat bilan harakat qila olmasligini bilardik, shu sababli Xenderson va Firminoni ikkinchi bo'limda maydonga tushirdik.

O'tgan mavsum yarim finalga chiqqanlar orasida biz o'sha natijani takrorlagan yagona jamoa bo'ldik. Birinchi marta rasmiy uchrashuvda "Barselona"ga qarshi o'ynayman, bu bahslarni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Klopp.

Manba: championat.asia
  0 
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net