Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp: "Qolgan uchrashuvlarning barchasida yutishga harakat qilamiz"
15 apr 2019, 14:03
424

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) fikr bildirdi.

O'yin haqida:

— Juda yaxshi o'yin, kuchli raqibga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi. O'ylashimcha, ma’lum zonalarda hukmronlik qildik, o'yin suratini yaxshi ushlab turdik. Biz harakat qildik, uzatmalar berdlik va g'alaba qozondik — qo'limizdan kelgan deyarli barcha ishni bajardik.

— Salahning golini qanday baholaysiz?

— Salah qoyilmaqom gol urdi, jahon darajasidagi gol. Juda, juda yaxshi gol. Har tomonlama sevimli gol.

— Hendersonni Jerrardga solishtirishning imkoni bormi?

— Stivni faqat inson sifatida bilaman. Uning yetakchilik hislati haqida fikrim yo'q. Henderson esa klub uchun tajovuzkor sardor. Jamoaga kelgan birinchi kunimdan beri buni unga ko'p bor ta’kidlaganman. Oxirgi uch o'yinda uni "yonganini" ko'rdik va bu yaxshi albatta.

— Chempionlik poygasi haqida nima deya olasiz? Qolgan hamma o'yinda g'alaba qozonish mumkinmi?

— Albatta, harakat qilib ko'rish kerak. "Kardiff"ni APLda jon saqlab qolish uchun tish tirnog'i bilan harakat qilayotganini bilamiz. Bugun juda muhim o'yin edi, chunki "Chelsi" - o'ta kuchli jamoa. Ishonib bo'lmas g'alabaga erishdik", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net