Kirish A`zo bo`lish
Patrik Klyuyvert: "Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman"
15 apr 2019, 09:37
501

"Barselona" klubining sobiq futbolchisi Patrik Klyuyvert "Liverpul" - "Chelsi" o'yini haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.

O'yin juda murosasiz va shiddatli kechdi. Uchrashuvning 51 va 53-daqiqalarida Mane hamda Salah kiritgan gollar "mersisaydliklar"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Patrik quyidagicha izoh qoldirdi:

"Liverpul"ni Angliya chempioni sifatida ko'ryapman", - deya Tvitter sahifasida yozdi Klyuyvert.

"Liverpul" 85 ochko bilan APL peshqadami bo'lib turibdi. Undan bitta o'yin kam o'tkazgan "Manchester Siti" hisobida 83 ochko bor.

Manba: Twitter
Теглар
  0 
Fikrlar (Umumiy: 2 ta)
15 apr 2019, 22:48
#2, MANE10
Juda oz kunlar qoldi
15 apr 2019, 22:47
#1, MANE10
InshaAllah Champion bo’lamiz. Kutaver
Onlayn: 2 (0/2)
uzstat.net