Kirish A`zo bo`lish
Virjil van Deyk: “Besh yil oldin bo'lgan narsa bugun ahamiyat kasb etmaydi”
15 apr 2019, 09:31
452

"Mersisaydliklar" himoyachisi Virjil van Deyk “Chelsi” bilan o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Besh yil oldin bo'lgan narsa bugun ahamiyat kasb etmaydi. Bugun umuman boshqacha o'yin bo'ldi. Biz o'yin davomida yaxshi jihatlarimizni namoyish etdik va uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz.

Azar? Jahonning eng yaxshi o'yinchilariga qarshi o'ynash menga yoqadi, u ham shu ro'yxatda. U qoyilmaqom o'yinchi. “Chelsi” ham ajoyib jamoa, ammo biz ularga qarshi bosim ko'rsata oldik. Chempionlik poygasi? O'z o'yinlarimizga e’tiborni qaratamiz. Oldindan bizni YeChLdagi muhim o'yin kutib turibdi. Keyin esa safarda “Kardiff” qarshi o'ta qiyin bahs ham bor. Jamoa g'alaba qozonsa, doimo xursand bo'laman”,
— deydi van Deyk.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 8 (0/8)
uzstat.net