Kirish A`zo bo`lish
“Liverpul” APLda o'z rekordini takrorladi
15 apr 2019, 09:24
639

“Liverpul” kecha APL 34-turida “Chelsi”n qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bu “qizillar” uchun APL joriy mavsumidagi 26-g'alabasi bo'ldi. Jamoa natijada o'zining 2013/14-yilgi mavsumda o'rnatgan rekordini takrorladi. Klub o'sha mavsumda ham 26 ta bahsda g'alaba qozongandi. Klub tarixidagi eng yaxshi natija esa 1979/80-yilgi mavsumda qayd etilgan o'shanda jamoa 30 ta o'yinda g'alaba qozongandi. “Liverpul” hisobida ayni damda 85 ochko mavjud. Jamoa 2013/14-yilgi mavsumda 38 ta o'yinda 84 ochko jamg'argandi. Klub rekordi esa 2008/09-yilgi mavsum qayd etilgan. O'shanda “qizillar” 86 ochko to'plagan edi.

Manba: Liverpul.asia
Теглар
  0 
Onlayn: 5 (1/4)
uzstat.net