Kirish A`zo bo`lish
Sarri: “Butun kuchimiz bilan “Liverpul”dan ochko olishga harakat qilamiz”
14 apr 2019, 08:48
381

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Sarri APL 34-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi safarda kechadigan bellashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Liverpul”ga qarshi bizni qiyin bahs kutib turibdi, umuman hozir oson o'yinning o'zi qolmadi. “Liverpul” ayni paytda Angliyaning eng kuchli jamoalaridan biri. O'tgan yil ular YeChL finaliga qadar yetib borishgan. “Enfild”da “qizillar”ga qarshi turish osonmas.

Bahsning qanday ahamiyatga ega ekanligini bilamiz. Shuningdek, o'z imkoniyatlarimizdan 100 foiz foydalana olsak, har qanday stadiondan ochko ishlay olamiz. Ayni paytda “Chelsi” ruhiy va jismoniy tomondan ajoyib holatda.

“Liverpul” bosim uyushtiradi va bu normal holat. APLda g'olib bo'lishni istarkansan, uzoq vaqt bosimlarga dosh bera olishingga to'g'ri keladi. Bu seni foydangga xizmat qiladi. Bosim asabiylashishga majbur qiladi va shu bilan birga o'yinga ishtiyoqni oshiradi. Buning foydasi katta.

“Chelsi” kuchli to'rtlikka kirishga urinib ko'radi, bizga ochkolar zarur. “Liverpul”ga qarshi ochko ishlash oson emasligini bilamiz, ammo biz bor kuchimiz bilan bunga urinib ko'ramiz”, -
deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Chelsi” matbuot xizmati.

Manba: Chelsi matbuot xizmati
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net