Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" yozda "Ayaks" yetakchisi uchun taklif bilan chiqadi
11 apr 2020, 21:54
685

Goal nashrining xabariga ko‘ra, "Ayaks" hujumchisi David Neres yozda Tumanli Albionga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga "Liverpul" tomonidan jiddiy qiziqish uyg‘ongan.

22 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "mersisaydliklar"dan tashqari "Yuventus", "PSJ" va dortmundning "Borussiya" klublari ham kurashishmoqda.

Ammo yuqoridagi manbaning tasdiqlashicha, "qizillar" klubi yozgi transfer oynass vaqtida Neresga aniq taklif bilan chiqadi va futbolchini tarkibga qo‘shib olish uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘ladi.

Aytib o‘tish joizki, Neres joriy mavsum Gollandiya chempionatida 26 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 10 marta sheriklarining gollariga hammualliflik qilgan.

Manba: goal.com
  0 
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)
12 apr 2020, 10:32
kesin yaxshi transfer boladi
12 apr 2020, 06:31
bechora Ajax ''talon taroj'' bo‘ladi yozda!
12 apr 2020, 03:13
#2, Owen
яхши...
11 apr 2020, 22:13
Man oldinam etgandm
Onlayn: 6 (0/6)
uzstat.net