Kirish A`zo bo`lish
Minyole: "Hozirgi "Liverpul" men kelganimdan beri eng kuchlisi"
11 apr 2019, 21:45
249

"Liverpul" zahira posboni Simon Minyole ayni damda o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan bo‘lsada, jamoaning manfaati uchun bundan xafamasligini ma’lum qildi.

"Albatta, men o‘ynashni istayman, lekin mening vazifam - jamoani qo‘llab-quvvatlash, ayni damda kelajagim ahamiyatli emas. Umid qilamanki, "Liverpul"ning sovrin yutishiga o‘z hissamni qo‘shaman, bu eng muhimi. Hozirgi "Liverpul" men jamoaga kelganimdan beri eng kuchlisi hisoblanadi. Biz barchasida g‘olib bo‘lishni xohlayapmiz, APLda ham, YeChLda ham", - deya so‘zlarini yakunladi belgiyalik darvozabon.

Ma’lumot uchun, Minyole joriy mavsum biror marta ham APLda bahs o‘tkazmadi.

Manba: Sky Sports
Теглар
  0 
Onlayn: 12 (0/12)
uzstat.net