Kirish A`zo bo`lish
Neveshga bo‘lgan qiziqishni "Liverpul" murabbiyi tasdiqladi
09 apr 2019, 22:17
449

"Liverpul" yordamchi murabbiyi Pep Linders "Vulverhempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshga bo‘lgan qiziqishni tasdiqladi.

"Men Ruben Neveshni juda yaxshi bilaman, uning ambitsiyalarini, o‘yinga bo‘lgan munosabatini, uning professionalligini... U istalgan jamoaga ko‘p narsa bera oladi va bu darajadagi futbolchilar doim bizning qiziqishimizda bo‘lib kelgan", - deydi Linders.

Eslatib o‘tamiz, aynan Ruben Neveshning goli sabab "Vulverhempton" Angliya kubogida "Liverpul"ni taslim etgandi.

Manba: Sky Sports
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net