Kirish A`zo bo`lish
"Liverpul" o'tgan yili agentlarga 43 mln. funt to'ladi
04 apr 2019, 20:07
282

Angliya Premier-ligasi klublarining o'tgan yili agentlarga to'lagan mablag'i miqdori malum bo'ldi.

Agentlarga eng ko'p pul to'lagan klub - "Liverpul". Ular 2018-yilda futbolchilar vakillariga 43,8 mln. yevro o'tkazib berishgan. Mavsumlar oralig'ida "qizillar" darvozabon Alisson, yarim himoyachilar Nabi Keyta va Jerdan Shakirilarni xarid qilishdi.

Agentlarga to'langan pullar bo'yicha "Chelsi" ikkinchi (26,9 mln. funt), "Manchester Siti" uchinchi (24,1 mln. funt).

"Manchester Yunayted" (20,8 mln. funt) va "Everton (19,1 mln. funt) kuchli beshlikdan joy olishdi. "Arsenal" agentlarga 11,2 mln. funt, "Tottenhem" esa 11,1 mln. yevro to'ladi.
APL klublari orasida agentlarga eng kam pul sarflagan klub "Kardiff Siti" bo'ldi. Ular futbolchilar vakillariga 2,8 mln. funt o'tkazib berishdi.

Manba: The Independent
Теглар
  0 
Onlayn: 7 (0/7)
uzstat.net