Kirish A`zo bo`lish
Yurgen Klopp: "Bu mavsum faqat Salahga bog'lanib qolayotganimiz yo'q"
04 apr 2019, 15:30
328

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Salahning 8 o'yindan beri davom etayotgan golsiz seriyasi borasida o'z fikrlarini bildirdi:

"Totenxem"ga qarshi uchrashuvdagi gol avtogol edi, lekin zarba aynan Salah tomonidan berilgandi. Shunday ekan, bu golni uning goli deb hisoblash mumkin.

U o'tgan mavsum 40 ta gol urgan edi? Uning faoliyati hali tugamadi! Agar Salah bu mavsum 20 ta gol ursa, u oxirgi 2 mavsumda 60 ta gol urgan bo'ladi. Vau, bu unchalik ham yomon natija emas.
Agar jamoada faqat bitta to'purar bo'lsa, unga judayam bog'lanib qolish mumkin. Biz bu mavsum faqat Salahga bog'lanib qolayotganimiz yo'q, lekin u baribir boshqa jamoadoshlari bilan solishtirganda yaxshiroq natija qayd etmoqda.
U raqiblarga xavf tug'diradi, bu bizga juda yordam bermoqda. U har qanday vaziyatga tayyor. Yanada ko'proq mehnat qilishda davom etish kerak va bu albatta o'z samarasini beradi.

Manba:
Теглар
  0 
Onlayn: 4 (0/4)
uzstat.net