Kirish A`zo bo`lish
Klopp: "PSJ" omad kelmaganligi sabab "Manchester Yunayted"ga yutqazdi"
03 apr 2019, 11:29
399

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berib turnirni tark etgan "PSJ"ga omad yetishmaganligini sabab qilib keltirdi.

"Barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish oson emas ekanligini bilaman. Joriy mavsum "PSJ" Fransiya chempioniga aylanadi. Ular ko‘prog‘iga erishishlari ham mumkin edi, lekin Chempionlar Ligasida g‘alabani boy berishlari hayotimda ko‘rgan eng omadsiz o‘yinlardan biri bo‘ldi.

Ularning YeChLdagi "MYu" bilan javob uchrashuvini kuzatdim va o‘zimga-o‘zim shunday o‘yladim: "Oxo, ular chindan ham bu o‘yinni boy berishadimi? Va bilasizmi nima? Ular rostan ham o‘yinni boy berishdi. Agar vaziyatni baholaydigan bo‘lsak, ular har ikki o‘yinda ham o‘zlariga ishonib o‘ynashgani ko‘rinib turdi. Yaxshi o‘ynab turib, oxir-oqibatda mag‘lub bo‘lish - kamdan-kam uchraydigan holat", -
deydi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" o‘shanda safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z maydonidagi javob bellashuvida 1:3 hisobida taslim bo‘lgandi.

Manba: Goal
  0 
Onlayn: 5 (0/5)
uzstat.net